» » Bekobodda Koreyaga ishga yuborish vaji bilan fuqarolardan 1000 dollar pul olgan firibgar ushlandi

Bekobodda Koreyaga ishga yuborish vaji bilan fuqarolardan 1000 dollar pul olgan firibgar ushlandi


Joriy yilning oktabr oyida Namangan viloyatida yashovchi, uy bekasi 1983-yilda tug‘ilgan Ch.S aldash yo‘li bilan Bekobod shahrida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan N.T, 1971-yilda tug‘ilgan A.A va 1990-yilda tug‘ilgan M.Slarning ishonchiga kirgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Ch.S fuqarolarning o‘zini Koreyaga ishga, farzandlarini o‘qishga yuborish vaji bilan N.Tdan 350 AQSh dollari, A.Adan 2 800 000 so‘m va M.Sdan 300 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermay, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovni IIB olib bormoqda.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют