» » Xavi koronavirusga chalindi

Xavi koronavirusga chalindi


Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda ispaniyalik mutaxassisning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Mavsum qayta boshlanganida jamoa bilan birga bo‘lolmayman. Mening o‘rnimni David Prats egallaydi.

Men bir necha kun oldin koronavirus uchun topshirgan testim ijobiy chiqdi. Shukurki, o‘zimni yaxshi his qilyapman, ammo virusdan to‘liq xalos bo‘lmagunimcha, qoidalarga rioya qilishim kerak bo‘ladi”, – deb yozadi Xavi.

Qayd etish joiz, 25-iyul, shanba kuni “As-Sadd” Qatar chempionati doirasida “Al-Xor”ga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Xavi 2019-yildan beri mazkur klubda murabbiylik qiladi.

Xavining “Barselona” safidagi eng sara gollarini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют