» » Musa Yerniyazovning vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi

Musa Yerniyazovning vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi


25-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga 2002-yildan buyon raislik qilib kelayotgan Musa Tajetdinovich Yerniyazovning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi bu xabarlarni rad etdi.

“Bu xabar haqiqatga mutlaqo zid. Musa Tajetdinovich hayot va ayni paytda davolanmoqda. Yetakchi mutaxassislar u kishining sog‘lig‘i tiklanishi uchun kurashyapti, uzluksiz konsiliumlar o‘tkazilyapti. Asossiz xabar tarqatishning javobgarligi borligini unutmaslik lozim”, — deydi SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev.

Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani 18-iyul kuni ma’lum bo‘lgandi. Uning ahvolini xorijlik mutaxassislar bilan birga videokonferensiya orqali muhokama qilish uchun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Nukusga yetib borgan. O‘shanda Musa Yerniyazovning holati barqaror, deb aytilgan edi.

Musa Yerniyazovning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyining boshida paydo bo‘lgan. Ammo uzoq vaqt yashirilgan.

SSV 18-iyul kuni Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov bilan birga Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning ham koronavirusga chalingani va Toshkentda davolanayotgani haqida ma’lumot bergandi. Bobolovning ham koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani yashirib kelingan.

Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimining vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqdagi xabarlar tezda rad etildi, Bobolovning o‘zi shifoxonadan videomurojaat qildi va ahvoli yaxshi ekanligini bildirdi. Uning o‘limi haqida xabar tarqatganlar jazoga tortildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют