» » O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 2020-yilning dastlabki 6 oyida qanchaga o‘zgargani ma’lum qilindi

O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 2020-yilning dastlabki 6 oyida qanchaga o‘zgargani ma’lum qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar—iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 176 trillion so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahrida (10,5 million so‘m) hamda Navoiy (8,3 million so‘m), Buxoro (6,4 million so‘m) va Toshkent viloyatlarida (5,5 million so‘m) o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,8 million so‘m), Namangan (3,9 million so‘m) va Farg‘ona (4 million so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda, narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri — iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli 2019-yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sishi sur’ati 101,5 foizni tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi davrida aholi jon boshiga real daromadlar o‘sishiga sezilarli ta’sir etdi. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy (5,2 foiz) va Jizzax (4,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahri (4,8 foiz) Andijon (1,5 foiz) Qashqadaryo (1,2 foiz), Farg‘ona (0,7 foiz) va Sirdaryo (0,6 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi kuzatilgan.

Aholi umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 69,4 foiz ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 24,8 foizini tashkil etuvchi transferdan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda aholining qancha qismi koronavirus pandemiyasi sabab sog‘lig‘idan va moliyaviy qiyinchiliklardan tashvishda ekanligi aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют