» » David Silva Qatarga yo‘l olishi mumkin. Uni Xavi o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

David Silva Qatarga yo‘l olishi mumkin. Uni Xavi o‘z jamoasida ko‘rmoqchi


“Manchester Siti” yarim himoyachisi David Silva faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin.

ESPN xabariga ko‘ra, “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi ispaniyalik futbolchini o‘z jamoasiga kelishga ko‘ndirmoqchi.

Silva mavsum yakuniga yetganidan keyin “Manchester Siti”ni tark etadi. Qayd etish joiz, u 10 yil davomida “shaharliklar” safida to‘p surdi. Avvalroq “Valensiya”ning ham Silvani o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qatar klubi biroz muddat oldin boshqa bir ispaniyalik futbolchi Santi Kasorlanining transferini e’lon qilgandi.

David Silva Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

David Silvaning “Manchester Siti” safida APLda urgan barcha gollarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют