» » David Silva farzandi muddatidan oldin tug‘ilgani va yashash uchun kurashayotgani vajidan “Siti”ga yordam berolmayapti

David Silva farzandi muddatidan oldin tug‘ilgani va yashash uchun kurashayotgani vajidan “Siti”ga yordam berolmayapti


“Manchester Siti”ning yetakchi futbolchilaridan biri David Silva ruhiy tushkunlik holatida bo‘lgani uchun ham jamoasiga yordam bera olmayapti. Bu haqda savollar ko‘payganidan keyin, futbolchi o‘zining Twitter sahifasida tushuntirish berishga qaror qildi.

Gap Gvardiola Silvaga dam olish imkonini yaratib berganida emas. Shunchaki, futbolchining ayoli yaqinda farzand ko‘rdi. Biroq Silvaning o‘g‘li belgilangan muddatdan avvalroq dunyoga keldi va u har kuni yashash uchun kurashmoqda. Mana shunday paytda Silva ayoli hamda farzandining yonida bo‘lishni afzal bilgan. Bunday vaqtda u normal futbol ko‘rsatish imkoniga ham ega bo‘lmaydi.

O‘g‘liga Mateo deb ism bergan Silva iliq so‘zlarini va mehrini ayamayotgan muxlislardan xursand ekani haqida aytgan. Shuningdek, uni qo‘llayotgan jamoa rahbariyati, murabbiylar va futbolchilardan ham minnatdor ekanini yashirmagan.

“Manchester Siti” rahbariyati David Silvani to‘g‘ri tushundi va unga jamoa haqida o‘ylamaslik uchun imkoniyat yaratib berdi. Voqealar rivojining qanday kechishiga qarab Silva “Siti” safiga qaytib keladi.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют