» » Lionel Messi “Inter”ga o‘tadimi? Antonio Konte javob berdi

Lionel Messi “Inter”ga o‘tadimi? Antonio Konte javob berdi


“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte “Barselona” hujumchisi Lionel Messining Milan klubiga safiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

“Messining transferi haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo yolg‘on. Bu bo‘lmag‘ur gaplarga ishonmang. U hatto xayoliy futbolda ham “Inter”ga o‘tmaydi”, — deydi Konte.

Avvalroq 33 yoshli Messining 2021-yilda “Inter”ga o‘tishi va yiliga 50 million yevro maoshli shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Joriy mavsum Messi “Barselona” safida La Ligada 33 o‘yin o‘tkazib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi.

Lionel Messining “El-Klasiko”lardagi top-5 golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют