» » “Inter” 2021-yilda Lionel Messini jamoaga olib kelmoqchi

“Inter” 2021-yilda Lionel Messini jamoaga olib kelmoqchi


“Inter” klubi “Barselona” sardori Lionel Messiga bo‘lgan qiziqishini saqlab turibdi.

Sport Mediaset nashrining xabar qilishicha, milanliklar klubi Messini 2021-yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olishga urinadi.

“Inter” argentinalik futbolchining olib kelinishi jamoa imijiga qay darajada foyda keltirishini yaxshi anglab turibdi. Leoning transferi homiylar va reklamalarning ko‘payishiga xizmat qiladi.

Shu sabab “Inter” hujumchiga “Barselona”dagi maoshiga yaqin miqdordagi pul taklif qilishga tayyor. Hozirda Messi katalonlar safida yiliga 50 million yevroga yaqin topadi.

Bundan tashqari Messining otasi o‘z biznesini Milanga ko‘chiradi va u yerdan uy xarid qilishga ham ulgurgan. Biroq otasining ko‘chishi Leoning “Inter”ga o‘tishi bilan umuman bog‘liq emas. Xorxe Messi Ispaniyadagi soliq qonunchiligi sabab mana shu qarorga kelgan.

Messi “Barselona”da sodir bo‘layotgan so‘nggi ishlardan norozi, italyan klubi uning bu kayfiyatidan foydalanib qolishni reja qilmoqda. Argentinalik o‘yinchining “Barsa”ga bo‘lgan sadoqati barchaga ma’lum, biroq u jamoaning muntazam muammoga uchrashidan charchagan.

Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan. Tomonlar hozircha yangi kelishuv borasida biror qarorga kelmadi.

Joriy mavsum Messi “Barselona” safida La Ligada 33 o‘yin o‘tkazib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi.

Lionel Messi 10-raqamni olishdan oldin qanday gollar urgan? (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют