» » Farg‘onada karantinda oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirgan 221 nafar tadbirkorga chora ko‘rildi

Farg‘onada karantinda oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirgan 221 nafar tadbirkorga chora ko‘rildi


Farg‘ona viloyat prokuraturasi oxirgi ikki oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirgan 221 nafar tadbirkorga chora ko‘rdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirokidagi onlayn brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“Pandemiya davrida oziq-ovqat mahsulotlari narxining asossiz o‘sib ketishining oldini olish borasida ko‘plab ishlar qilindi. Narxlar oshishini nazorat qilish uchun viloyat prokuraturasi, shahar va tuman prokuraturalari mas’ul xodimlari tomonidan kundalik nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda. Yashirmayman, oxirgi ikki oy mobaynida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirgan 221 nafar tadbirkor jarimaga tortilib, ularga chora qo‘llanilgan”, — dedi viloyat rahbari.

Ta’kidlanishicha, viloyatda 433,4 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish ishlari boshlangan.

“Karantinda aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatimizda 47 mingta xonadonga yordam ko‘rsatildi. Joriy yil 1-mart holatiga ko‘ra, viloyatda ijtimoiy nafaqa oluvchi xonadonlar 41 ming 400 tani tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida bu ko‘rsatkich 27 mingtaga ko‘paydi. Ayni kunda viloyatda bir oylik ijtimoiy nafaqalar miqdori qariyb 23 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Shuningdek, ‘Saxovat va ko‘mak’ jamg‘armasiga tushgan mablag‘lar hisobidan yana 59 mingta xonadonga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ushbu yordamlar davom ettirilmoqda”, — dedi Shuhrat G‘aniyev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют