» » “Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi Angliyadagi karantin cheklovlariga qaramay o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi

“Manchester Siti” — “Real” uchrashuvi Angliyadagi karantin cheklovlariga qaramay o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi


Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Real Madrid” uchrashuvi Buyuk Britaniyada o‘rnatilgan karantin cheklovlariga qaramasdan o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilmoqda The Guardian.

Uchrashuv 7-avgust kuni Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

25-iyuldan boshlab Buyuk Britaniyada Ispaniyadan kelgan fuqarolar uchun 14 kunlik karantin joriy etilgandi. Shu sabab “Manchester Siti” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs ko‘chirilishi mumkinligi aytilgandi.

Buyuk Britaniyaning raqamli texnologiyalar, madaniyat, OAV va sport vaziri Oliver Douden “Manchester Siti” — “Real Madrid” uchrashuvi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, karantin qoidalarida sport klublari va suratga olish guruhlari uchun istisno holatlar belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 26-fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tgan va unda ingliz klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Keyinchalik javob uchrashuvi koronavirus pandemiya sabab qoldirilgan.

David Silvaning “Man Siti” safida APLda urgan barcha gollarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют