» » Lionel Messi “Barselona” bosh murabbiyligiga vatandoshi tayinlanishini xohlamoqda

Lionel Messi “Barselona” bosh murabbiyligiga vatandoshi tayinlanishini xohlamoqda


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Lids” ustozi Marselo Byelsani katalon klubi boshqaruvida ko‘rmoqchi, deya xabar qilmoqda The Sun.

2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra argentinalik mutaxassis “Lids”ni Angliya Premyer Ligasiga olib chiqqandi. Biroq uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum o‘z yakuniga yetadi.

Ta’kidlanishicha, Messi va “Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen o‘rtasidagi munosabatlar keskin bo‘lib turibdi. Jamoa prezidenti Xosep Mariya Bartomeu “Barselona” boshqaruviga Xavini olib kelish niyatida. Messi esa bosh murabbiy lavozimida vatandoshini ko‘rmoqda.

Avvalroq Byelsa “Lill”, “Latsio”, “Marsel”, “Atletik” klublari, shuningdek, Chili va Argentina terma jamoalarida faoliyat olib borgan. U “Atletik” bilan Ispaniya Kubogi va Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borgan.

Mavzuga doir: Lionel Messi “Inter”ga o‘tadimi? Antonio Konte javob berdi

Lionel Messining “El-Klasiko”lardagi top-5 golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют