» » Ispaniyadagi shaharda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun jamoat joylarida pista chaqish taqiqlandi

Ispaniyadagi shaharda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun jamoat joylarida pista chaqish taqiqlandi


Ispaniyaning Kaseres provinsiyasi Daleytosa shahrida jamoat joylarida pista chaqish taqiqlandi. Bu haqda The Local nashri xabar berdi.

Shahar ma’muriyati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida shunday qaror qabul qilgan. Jamoat joylarida nafaqat pista, balki boshqa yengil yeguliklar va shirinliklar yeyish ham taqiqlanadi.

Shahar meri Xuan Pedro Domingoning ta’kidlashicha, bolalar ko‘cha-ko‘yda qo‘lidagi yeguliklarni boshqa tengqurlari bilan baham ko‘rishni istaydi. Bu holat esa kasallikni yuqtirish ehtimolini kuchaytiradi.

Bundan tashqari ayrim fuqarolar pista po‘chog‘ini ko‘chalarga tashlab ketadi.

“Ko‘chalar bo‘sh vaqtida pista chaqqan odamlar tashlagan po‘choqlar uyumi bilan to‘lib ketadi”, — deyiladi xabarda.

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan supermarketdan sotib olingan alkogolni ko‘chada ichish ham taqiqlandi.

Mavzuga doir: Berlin aholisidan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun dezodorantdan foydalanmaslik so‘raldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют