» » Tashkent City xiyobonida pista po‘chog‘ini yerga tashlagan kishi jarimaga tortildi

Tashkent City xiyobonida pista po‘chog‘ini yerga tashlagan kishi jarimaga tortildi


Toshkent shahrida qurilayotgan Tashkent City ishbilarmonlik markazi xiyoboni hududida pista chaqib, undan qolgan po‘choqlar qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlayotgan fuqaro Sh.K. jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Sh.K.ga nisbatan nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash kattaligining yarim barobari, ya’ni 111 500 so‘m miqdorda ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Qo‘mita tomonidan ma’lum qilinishicha, Tashkent City hududiga sigaret qoldiqlari, baklajkalar, turli qog‘ozlar, hatto yaroqsiz batareyalarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilgan. Shuningdek, hududda ikkita “Aqlli axlatdon” — “Zimmer” kompleks chiqindi konteyneri mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют