» » Nukusda chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketmagani uchun 98 kishi jarimaga tortildi

Nukusda chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketmagani uchun 98 kishi jarimaga tortildi


Nukus shahrida chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketmagani uchun 6 oy ichida 98 kishi 23 million  so‘mlik jarimaga tortildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Joriy yilning o‘tgan yarmi davomida 8 yuridik shaxsdan qariyb 5 million so‘m jarima undirildi. Hozirga qadar Nukus shahridagi jami 58 ta mahallada tushuntirish ishlari olib borilgan.

2018-yilning yanvar—iyun oylari mobaynida Qoraqalpog‘istonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chiqindilar noqonuniy joylashtirilgani, belgilanmagan joyga tashlangani va saqlangani uchun 305 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют