» » Qoraqalpog‘istonda saksovul kesgan 6 nafar fuqaro qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda saksovul kesgan 6 nafar fuqaro qo‘lga olindi


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tezkor guruhi tomonidan To‘rtko‘l tumanida saksovul o‘simligini o‘tin sifatida foydalanish uchun kesib olib ketayotgan 6 nafar fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zA.

Fuqarolarga tegishli avtotransportlarning beshtasida o‘rtacha 1 kubometr, bittasida 4,5 kubometr miqdoridagi saksovul yuklangan bo‘lgan. Tezkor guruh ularning ishi bo‘yicha hujjatlarni chora ko‘rish uchun tegishli idoraga yubordi.

“Tezkor guruh tomonidan o‘tgan yilning avgust oyidan buyon o‘simlik dunyosi bo‘yicha jami 276 reyd o‘tkazilgan bo‘lsa, aniqlangan dalillar yuzasidan 275 fuqaroga 39 million 455 ming so‘mdan ortiq jarima solindi. Shu bilan birga javobgarlardan nabotot dunyosiga keltirilgan zarar uchun 41 million 627 ming so‘m undirildi”, – deydi guruh bosh mutaxassisi F.Aytbayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют