» » Qashqadaryoda o‘simlik dunyosiga 68 million so‘mlik zarar yetkazgan fuqaro 2 yilga qamaldi

Qashqadaryoda o‘simlik dunyosiga 68 million so‘mlik zarar yetkazgan fuqaro 2 yilga qamaldi


Qashqadaryo viloyati Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qamashi tumani Qo‘shko‘l qishlog‘i hududida reyd o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Reyd davomida shu qishloqda yashovchi Abdumurod Ibatov 54 tup noyob Zarafshon archasini o‘zboshimchalik bilan, hech qanday ruxsatsiz kesib, qurilayotgan xususiy savdo do‘koni omborxonasi tomini yopishga ishlatgani aniqlandi.

“Qashqadaryo tijorat-savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mudir lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdumurod Ibatov bu bilan o‘simlik dunyosiga 68 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida A.Ibatov o‘z aybiga iqror bo‘lmasa-da, uning aybi to‘plangan boshqa bir qator dalillar orqali ham o‘z isbotini topdi.

Sud hukmi bilan A.Ibatovga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Amnistiya sabab, u tayinlangan jazodan ozod etildi. Biroq, archalar kesilishi oqibatida yetkazilgan zarar ayblanuvchidan hududiy Bioinspeksiya hisobiga undiriladigan bo‘ldi.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют