» » Chiro Immobile A Seriyada 61 yillik rekordni yangiladi

Chiro Immobile A Seriyada 61 yillik rekordni yangiladi


“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile Italiya chempionatida samaradorlik bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi.

Hujumchi Italiya A Seriyasining 36-turidan o‘rin olgan “Verona”ga qarshi o‘yinda (5:1) het-trik qayd etdi.

Shu tariqa u italiyalik futbolchilar orasida A Seriyaning bir mavsumida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Hujumchi joriy mavsumda 34 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, 1958/1959-yilgi chempionatda 33 ta gol urgan “Inter” sobiq hujumchisi Antonio Anjelilloni ortda qoldirdi.

Immobile 2016-yilda “Borussiya Dortmund” klubidan 9,45 million yevro evaziga “Latsio”ga o‘tgan. Ushbu mavsumda 30 yoshli hujumchi Italiya chempionatining 35 o‘yinida maydonga tushib, 34 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

“Latsio” 36-turdan keyin 75 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Immobile ijrosidagi eng sara gollarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют