» » Noyob pokemon kartochkasi 250 ming dollarga sotildi

Noyob pokemon kartochkasi 250 ming dollarga sotildi


Pokemon olamida juda noyob hisoblanuvchi Pikachu Illustrator kartochkasi auksion orqali 250 ming dollarga sotildi. Bu turdagi kartochkalardan jami 39 dona chiqarilgan bo‘lib, hozirda o‘ngga yaqini qolgan, deb yozadi Hypebeast.

1998-yilda ishlab chiqarilgan Pikachu Illustrator kartalari CoroCoro Comic illyustratorlar musobaqasida mukofot sifatida berilgan.

Bu kabi kartochkaning noyobligi va qadrliligi uning o‘ngga yaqin qolganida emas, balki uning illyustratsiyasini Pikachuni yaratgan dizayner Atsuko Nisida chizganida.

Ta’kidlanishicha, 2019-yilda shu turdagi kartochkalardan biri 195 ming dollarga sotilgan.

Pikachu va boshqa pokemonlar yaponiyalik geym-dizayner Satosi Tadziri sabab paydo bo‘lgan. U rahbarlik qilgan Game Freak studiyasi 1996-yili ikkita “Pokemon” o‘yinini chiqargan va bu o‘yin butun dunyo bo‘ylab tezda ommalashib ketgan. Keyinchalik o‘yin asosida anime, manga, kolleksion qarta o‘yini va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

“Pokemon” so‘zi superqobiliyatlarga ega bo‘lgan, o‘ylab topilgan maxluqni ifodalash uchun ishlatiladi. Pikachu esa mazkur franshizaning eng taniqli va mashhur qahramonlaridan biridir.

Mavzuga doir: Pikachu gapira boshladi, buning ustiga ingliz tilida (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют