» » Pikachu gapira boshladi, buning ustiga ingliz tilida (video)

Pikachu gapira boshladi, buning ustiga ingliz tilida (video)


13-noyabr kuni BuzzFeed nashri xodimi Rayan Broderik kinoteatrdan qisqa videoni tasvirga oldi: ekranda “Pokemon” anime-serialining qahramonlari — Esh Ketchum va Pikachu tasvirlangan. Sahnada ikki qahramonning o‘zaro dialogi mavjud — unda Pikachu birinchi bor o‘z ismini aytmasdan mazmunli iborani tilga oldi. Shu bilan birga, “hamyon maxluqi” yapon tilida emas, inglizchada fikr bildirgan, deb xabar berdi TJournal.

Pikachuning bu kabi so‘zlari ko‘plab ixlosmandlarni hayratda qoldirdi.

Gapiradigan Pikachu tasvirlangan sahna “Pokemon filmi: Men seni tanlayman” to‘liq metrajli filmi lentasining bir qismi bo‘lib chiqdi. Kartina 15-iyul kuni Yaponiyada ekran yuzini ko‘rgan bo‘lib, AQShdagi katta ekranlarda 5-noyabrdan namoyish etilmoqda.

Hi, I am just learning that Pikachu speaks English in the new Pokemon movie and, yes, it is extremely fucking weird pic.twitter.com/k5hm5lyW7Y

— Ryan Broderick (@broderick) November 13, 2017

Pikachuga ovoz bergan Keyt Bristolning taxmin qilishicha, pokemon odamlarga o‘xshab aslida emas, balki Eshning “boshida” gapirgan. Shu bilan birga, u “buni har kim o‘zi uchun mustaqil hal qilishini” taklif etgan. Bristol o‘zini “besh soniya bo‘lsa-da” Pikachudek his qilganidan xursand ekanligini ta’kidlagan.

Опубликовано: admin (15-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют