» » “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmining anime janridagi qisqa metrajli so‘nggi prikveli chiqdi (video)

“Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmining anime janridagi qisqa metrajli so‘nggi prikveli chiqdi (video)


“Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmining anime janridagi qisqa metrajli so‘nggi prikveli chiqdi, deya xabar bermoqda TJournal. Uni “Animatritsa” epizodlaridan biri ustida ishlagan rejissor Sinitiro Vatanabe yaratdi.

Qisqa metrajli film “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” olamida 2022-yilda yuz bergan “blekaut” haqida hikoya qiladi. Syujetga ko‘ra, replikantlar odamlarga qarshi isyon ko‘taradi va Los-Anjelesga elektromagnit bombani tashlaydi. Bu shaharda elektr toki o‘chib qolishiga va aqlli robotlar ishlab chiqarilishining taqiqlanishiga olib keladi, shuningdek, Tyrell korporatsiyasi faoliyatiga nuqta qo‘yadi. O‘n yildan so‘ng replikantlarni endi Wallace korporatsiyasida yana yaratishni boshlashadi, “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmida aynan u haqda gap boradi.

Bu birinchi “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” va uning davomi o‘rtasidagi voqealar haqida gapirib beruvchi uchinchi va oxirgi qisqa metrajli filmdir. “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” kinoteatrlarda 6-oktabrdan namoyish etiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-09-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют