» » Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 35 yoshli homilador ayol hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 35 yoshli homilador ayol hayotdan ko‘z yumdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 35 yoshli Z.X. ismli homilador ayolning vafot etganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli Z.X. 15—20-iyul kunlari shahar 7-son tug‘ruq kompleksida 3-homiladorlik, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik tashxisi bilan statsionar sharoitda davolangan.

Unda COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangach, 20-iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Shifoxonada Z.X.ga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

“Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, – deyiladi SSV axborotida.

SSV to‘rt kundan beri ketma-ket koronavirusga chalingan homilador ayollarning vafot etgani haqida xabar bermoqda. 24-iyul kuni qashqadaryolik 35 yoshli ayol, 25-iyul kuni toshkentlik 34 yoshli ayolning homiladorlik vaqtida koronavirus tasdiqlangach hayotdan ko‘z yumgani, 26-iyulda esa Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 32 yoshli ayolning vafot etgani haqida xabar berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobi bo‘yicha 35 yoshli Z.X. O‘zbekistondagi koronavirusning 120-qurboni bo‘ldi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus bilan xastalanib vafot etganlar soni 126 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan.

Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu olti holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Bundan tashqari, taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan.

26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют