» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 20 ta kislorod konsentratorlarini yetkazib berdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 20 ta kislorod konsentratorlarini yetkazib berdi


Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston hukumatiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam sifatida navbatdagi tibbiy vositalar va anjomlardan iborat yukni yetkazib berdi. Bu haqda OTB matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24-iyul kuni OTBning 1,56 million dollar granti doirasida YuNISEF orqali xarid qilingan 20 ta kislorod konsentratorlari yetkazib berilgan. Bundan tashqari, Shveysariya kompaniyasi bilan 19,5 million dollarga imzolangan ikkita shartnoma doirasida o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarining dastlabki 100 tasi 17-iyul kuni Toshkentga olib kelingan. Yana 700 ta sun’iy nafas oldirish apparatlari yaqin kunlarda O‘zbekistonga olib kelinadi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 1,56 million dollarlik grant doirasida COVID-19’ni test qilishga mo‘ljallangan laboratoriya anjomlari 29-iyun kuni Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligiga topshirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oxirida OTB O‘zbekistonga COVID-19 pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar miqdorida kredit berishni ma’qullagandi. Kredit kelishuvi ham imzolangan. Shuningdek, 13-iyulda O‘zbekiston hukumati va Jahon banki mamlakat qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 500 million dollarlik qarz bitimini imzolagan. 14-iyulda esa Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya tizimini modernizatsiya qilishga 200 million dollar ajratishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Jahon banki O‘zbekistonga qiymati 1,5 mlrd dollar bo’lgan 9 ta yangi loyiha ishlab chiqmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют