» » Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashishi uchun 1,36 mln dollar ajratdi

Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashishi uchun 1,36 mln dollar ajratdi


Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekistonga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 1,36 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishni tasdiqladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bergan.

Grant sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalari, tibbiyot sohasining boshqa buyumlarini xarid qilishga sarflanadi va bu orqali O‘zbekistonda sohani rivojlantirish yuzasidan ishlar amalga oshiriladi.

Mablag‘lar Osiyo tiklanish va taraqqiyot bankining COVID-19 koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash texnik ko‘maklashish resurslari hisobidan ajratiladi va dastlabki texnik yordam — 200 ming AQSh dollari mart oyida O‘zbekistonda tibbiyot buyumlarini xarid qilish uchun ajratilgan.

Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki joriy qarz hisobidan 19,5 million dollarni qayta taqsimlab, O‘zbekistonning 800 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilishiga imkoniyat yaratgan.

Osiyo taraqqiyot va tiklanish banki hukumat va boshqa hamkorlar bilan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlarni davom ettiradi, deyilgan bank bayonotida.

Avval XVJ O‘zbekistonga 375 mln dollar ekvivalentidagi imtiyozli kredit ajratilishini ma’qullagani, Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirayotgani hamda Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyoga ajratilgan 370 mln dollarning asosiy qismi O‘zbekistonga nasib etgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют