» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda birinchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirishga 45 mln dollar ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda birinchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirishga 45 mln dollar ajratdi


Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga birinchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirish uchun 25 yil muddatga 45 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘ Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 793 ta qishloq oilaviy poliklinikasini moddiy-texnik mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Tibbiyot va notibbiy uskunalarni sotib olish uchun qariyb 40 mln dollar sarflanadi.

Loyihaning amalga tatbiq etilishi natijasida tibbiyot muassasalari kuniga 88 ming bemorni qabul qilishi mo‘ljallanmoqda. Ularda 4,8 mingga yaqin tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston ham, o‘z navbatida, loyihaga 12,8 mln dollar sarmoya kiritadi. Xususan, 11 mln dollarni soliq va bojxona imtiyozlari tashkil etadi.

OTB krediti to‘lovlari davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.

“Birinchi tibbiy-sanitar yordamni rivojlantirish” loyihasi 2021-yilda yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют