» » Mustaqillik bayrami arafasida Namanganda 22 ta yangi Damas AMB rusumli avtomashinalar xizmat ko‘rsata boshlaydi

Mustaqillik bayrami arafasida Namanganda 22 ta yangi Damas AMB rusumli avtomashinalar xizmat ko‘rsata boshlaydi


Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanda takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi izchil ta’minlanmoqda. Bu haqda “Namangan haqiqati” gazetasi xabar berdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga tezkor va malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tez yordam brigadalari soni 155 tadan 178 taga ko‘paytirildi. Ular malakali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlari bilan mustahkamlandi. Xizmat tasarrufidagi avtotransport yangilanmoqda. 77 ta yangi tez tibbiy yordam avtomashinasi hamda 8 dona Nissan reanimobili olindi.

Shuningdek, viloyat hokimligining e’tibori bilan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan yangi turkum sanitar avtomashinalari yetkazib berildi. Mustaqillik ayyomi arafasida yana 22 ta yangi Damas AMB rusumli avtomashinalar xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Hozirda mavjud 32 ta tez yordam avtomashinalariga GPS navigatorlari o‘rnatildi. Dispetcherlik xizmati xonasida monitor ishga tushirilganligi natijasida sanitar avtotransportlarini bevosita nazorat qilish va yoqilg‘i mahsulotlarini tejashga erishildi. 2017-yilda har bir chaqiruv uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 2,5 barobar ko‘paytirilganligi ham e’tiborga molikdir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют