» » 5 yillik faoliyatdan so‘ng Pedro “Chelsi”dan ketishini e’lon qildi

5 yillik faoliyatdan so‘ng Pedro “Chelsi”dan ketishini e’lon qildi


Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Pedro Angliya Premyer Ligasining 38-turidan o‘rin olgan “Vulverhempton”ga qarshi bahs (2:0) o‘zi uchun “ko‘klar” safidagi so‘nggi uy uchrashuvi bo‘lganini ma’lum qildi.

“Mening “Stemford Brij”dagi so‘nggi o‘yinim. Uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, ajoyib jamoaning bir qismi bo‘lishimga imkon bergan klubga va jamoadoshlarimga rahmat deyman.

Sizlar qalbimda abadiy qolasiz. Endi esa Angliya Kubogi uchun kurashamiz! Katta va ajoyib oila”, — deb yozadi Pedro Twitter’dagi sahifasida.

32 yoshli ispaniyalik futbolchi 2015-yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib keladi. U Angliya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Avvalroq Pedroning “Roma” bilan shartnoma borasida o‘zaro kelishuvga erishgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют