» » Rasman: Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum qilindi

Rasman: Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum qilindi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati ma’lum qildi.

Habib va Getji o‘rtasidagi jang UFC 254 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi.

Rasmiy posterda jang qayerda bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilmagan. Avvalroq UFC 254 Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Mazkur jang avvaliga 19-sentabr kungi UFC 253 musobaqasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq rossiyalik yakkakurashchining otasi Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limi sabab bellashuv qoldirilgandi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Jetji ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (ko‘rish).

31 yoshli Getji MMA’da 22 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida (20 muddatidan avval) g‘alaba qozongan va ikki bor mag‘lub bo‘lgan.

31 yoshli Nurmagomedov esa MMA’da jami 28 bor oktagonga chiqqan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan (18 ta muddatidan avval).

Jastin UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni taslim etib, yengil divizionning vaqtinchalik chempioniga aylangandi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют