» » Yangi Rolls-Royce Ghost antivirus himoyaga ega bo‘ladi

Yangi Rolls-Royce Ghost antivirus himoyaga ega bo‘ladi


Britaniyaning Rolls-Royce markasi o‘zining yangi avlod Ghost sedanini salon ichidagi insonlarni bakteriya va viruslardan himoya qilishga qodir iqlim tizimi bilan jizohlaydi. Bu haqda kompaniya press-relizida so‘z boradi.

MEPS’ning ishlash prinsipi yuqori sezuvchan datchiklarga asoslangan bo‘lib, ular havodagi zararli moddalar sonini o‘lchaydi: is gazi va changlar, shuningdek, ayrim bakteriya va viruslarni.

“Salondagi havoning ifloslanish darajasi oshib ketsa, elektronika resirkulyatsiya rejimi ishga tushiradi. Bunda havo Nanofleece filtri orqali o‘tadi va undagi deyarli barcha ultramayda zarralar, virus va bakteriyalar yo‘q qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, filtr avtomobil salonidagi havoni o‘rtacha ikki daqiqada tozalashga qodir.

MEPS’ni masofadan turib boshqarsa ham bo‘ladi: Ghost haydovchisi havo filtrini mobil ilova orqali yoqib, yo‘lovchi kelguniga qadar salonni tayyor holga keltirib qo‘yishi mumkin.

Yangi sedan 2020-yilning sentabrida taqdim etiladi.

Mart oyida Xitoy kompaniyasi koronavirus sabab mashina kalitlarini xaridorlarga dronlar yordamida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют