» » Britaniyalik er-xotin birgalikda 77 yil yashab, bir kunda vafot etdi

Britaniyalik er-xotin birgalikda 77 yil yashab, bir kunda vafot etdi


Britaniyaning Greyvsend shahrida 96 yoshli Frenk Dodd va uning 97 yoshli rafiqasi Joys  birgalikda 77 yil umr kechirib, kasalxonada bir kunda vafot etdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Shifoxona xodimlari qariyalarni yonma-yon karavotga yotqizib qo‘ydi, ular bir-birlarining qo‘llarini tutib, ikki soatlik farq bilan olamdan o‘tdi.

Frenk va Joys 14 yoshligida tanishib qolgan va uch yildan so‘ng turmush qurgan. Er-xotinning besh farzandi, 12 nevarasi, o‘n evarasi va ikki chevarasi bor.

So‘nggi yillarda Frenk yurak faoliyatidagi yetishmovchilikdan azob chekkan. U dastlab uyda besh hafta yotgan, so‘ng kasalxonaga davolanish uchun joylashgan. Joys turmush o‘rtog‘ini ko‘rishga har kuni borgan, ammo o‘zi ham xastalanib qolgan.

Chol-kampir alohida palatalarda yotgan, ularni o‘limidan biroz oldinroq yonma-yon joylashtirishgan va umrlarining so‘nggi lahzalarini birgalikda o‘tkazishlariga qo‘yib berishgan.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют