» » Qashqadaryoda 20 mingta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan naqd pul tarqatiladi

Qashqadaryoda 20 mingta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan naqd pul tarqatiladi


Qashqadaryo viloyatida 20 mingta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan naqd pul beriladi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, — deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, Prezident topshirig‘iga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 20 mingta ehtiyojmand oilaning har biriga bir million so‘mdan, jami 20 milliard so‘m mablag‘ beriladi. Viloyatdagi 20 mingta ehtiyojmand oilada 84 ming 335 nafar kishi istiqomat qiladi.

Zoir Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, viloyatdagi saxovatpesha tadbirkorlar hisobidan 750 ta oilaga chorva mollari, parranda va quyon ham berilmoqda. Jumladan, 80 ta oilaga bir boshdan sigir, 315 ta oilaga ikki boshdan 630 bosh qo‘y, 97 ta oilaga 10 tadan jami 970 ta quyon, 258 ta oilaga 30 donadan jami 7740 ta tovuq tarqatilgan.

Mavzuga doir: Dehqonobodda bir kunda 37 bosh qo‘y va ho‘kiz so‘yilib, “Saxovat va ko‘mak” xayriya karvoni sifatida qishloqlarga yuborildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют