» » Andijonlik yosh tadbirkorlar 1200 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi

Andijonlik yosh tadbirkorlar 1200 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi


Andijonlik yosh tadbirkorlar “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 1200 ta oilaga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari solingan saxovat qutilarini yetkazib berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi axborot xizmati rahbari Javohir Abubakirovning ma’lumot berishicha, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi tashabbusi va yosh tadbirkorlar ishtirokida viloyatda Yosh tadbirkorlar assotsiatsiya tashkil etilgan bo‘lib, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Shuningdek, assotsiatsiyaga a’zo tadbirkorlar imkoniyatidan kelib chiqib, 10 tadan 100 tagacha oilani qaramog‘iga olmoqda.

Shu kunga qadar assotsiatsiya a’zolarining 30 nafari 1200 ta ehtiyojmand oilaga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot niqoblari va antiseptik vositalar jamlangan saxovat qutilari joylangan homiylik xayriyalarini yuborgan.

Yosh tadbirkorlar, shuningdek, “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 21 million so‘m, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatiga esa 67 million so‘mdan ortiq mablag‘ xayriya qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют