» » Nubia kompaniyasi o‘yin smartfoni va egilgan displeyga ega “aqlli” soatini namoyish etdi

Nubia kompaniyasi o‘yin smartfoni va egilgan displeyga ega “aqlli” soatini namoyish etdi


Nubia kompaniyasi yangilangan Rad Magic 5S o‘yin smartfoni, Red Magic TWS-naushniklari va egilgan displeyga ega dunyodagi birinchi “aqlli” soatini namoyish etdi, deb xabar beradi Gsmarena.

Red Magic TWS

Kompaniya o‘zining yangi simsiz naushniklarini o‘yin vaqtida tovushning uzilib qolmasligi haqida qayg‘uradigan geymerlar uchun ajoyib yechim sifatida taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, oddiy holatda tovush 60 millisoniyaga ortda qoladi, o‘yin rejimida esa — 39 millisoniya. Gadjet Red Magic 5S smartfoni uslubida yaratilgan. Bir marta quvvatlanish orqali 20 soatga qadar ishlay oladi.

Nubia Watch

Egilgan displeyga ega dunyodagi birinchi “aqlli” soat bo‘lib, MWC 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilgan konseptga asoslangan. Unga dastlab qo‘lga taqiladigan smartfon konsepsiyasi sifatida qaralgan Nubia aflga prototip vazifasini o‘tagan.

Qora, qizil yoki yashil korpuslarda taqdim etilayotgan “aqlli” soatlar 316L mustahkam po‘lat markasidan tayyorlangan. Egilgan Amoled-ekran diagonali 4,01 dyuymni tashkil etadi, piksellar soni 960x192. Displey Gorilla Glass oynasi bilan himoyalangan. Qurilma ichiga Snapdragon Wear 2100 protsessori va sig‘imi 420 mA/soatga teng akkumulyatori o‘rnatilgan. Shuningdek, yangilik eSIM, GPS, Bluetooth va Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Red Magic 5S

Mazkur o‘yin smartfoni tashqi ko‘rinishi bilan o‘zidan oldingi avlod — Red Magic 5G’dan biroz farq qiladi. Asosiy o‘zgarish uning ichida: qayta ishlangan sovutish tizimidan o‘rin olgan kuler daqiqasiga 15 ming marotaba aylanishni amalga oshira oladi.

Smartfonga 6,65 dyuymli Amoled ekran o‘rnatilgan. Shuningdek, telefonda teginishlar chastotasini hisoblovchi 320 gerts sensor triggerlar mavjud. Qurilma ichiga Snapdragon 865 protsessori, 16 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soatga teng bo‘lib, 55 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

Bundan tashqari, Red Magic 5S’ni simsiz aloqa orqali televizorga ulash va o‘yinni unga translyatsiya qilish mumkin. Bu vaqt telefon ekranida esa kontroller tasviri paydo bo‘ladi. Smartfon kameralari to‘rtta: asosiy blok 64, 8 va 2 megapikselli, shuningdek, 8 megapikselli frontal.

Rasmiy narxlar:

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют