» » Huawei P30 Pro smartfoni rasman taqdim etildi

Huawei P30 Pro smartfoni rasman taqdim etildi


Huawei kompaniyasi o‘zining yangi P30 Pro flagmanini rasman taqdim etdi, deb xabar berdi Hi-tech.mail.ru.

Huawei P30 Pro dunyoda birinchi marta periskop sensorga ega bo‘lib, 50 martagacha zum (kattalishtirish) imkonini beradi. Bundan tashqari, Huawei P30 Pro tomonlari nisbati 19.5: 9 bo‘lib, 2340x1080 li 6,47-dyuymli OLED-displeyga ega.

Tizim sun’iy intellekt va sakkiz gigabaytli tezkor xotiraga ega o‘tgan yilgi Kirin 980 sakkiz yadroli chipda ishlaydi.

Ushbu smartfonning eng muhim jihati bu kamera.

Huawei P30 Pro smartfoni to‘rtta sensorga ega: oddiy tasvir uchun 40 megapikselli, peyzajlarni tasvirga olish uchun 20 megapikselli, uzoqni fokuslashtirish va besh marta kattalashtirish uchun sakkiz megapikselli hamda obyektni fondan aniqroq ajratish va aniq “boke effekti” uchun ToF.

Barcha qo‘llanilgan optika Leica firmasiga tegishli.

Besh marta kattalashtirish periskopik obyektiv orqali, 10 marta kattalashtirish — II, 50 marta kattalashtirish esa raqamli zum orqali amalga oshiriladi.

Qurilma tezkor quvvatlantirish imkonini beruvchi 4200 mA/soat batareyaga ega.

Huawei P30 Pro smartfoni narxi qancha bo‘lishi aprel oyida ma’lum bo‘ladi va Galaxy S10 smartfoniga o‘xshash bo‘lishi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 16:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют