Niqob taqib bo’lmaydigan kichik yoshli bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak? Mutaxassis javobi
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva yosh bolalarga niqob taqish imkoniyati bo‘lmasa, ularni qanday himoyalash borasida tavsiyalar berib o‘tdi.
Jumladan, mutaxassis yosh bolalarga niqob taqish juda ham qiyinligi, chaqaloqlarga moslashtirilgan niqoblar mavjud emasligi, oilada koronovirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan, kasallik tasdiqlangan shaxs yashasa, maksimal ravishda onani ham bolani ham bemordan ajratish, ya’ni alohidalash zarurligini aytdi.
Mavzuga doir: Olimlar koronavirus homiladorlik vaqtida onadan bolaga o‘tishini isbotladi
Shuningdek:
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov emizikli onalar koronavirusga chalingan bo‘lsa, farzandini qanday emizishi borasida aniqlik kiritib o‘tgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz