» » Asqar Tolibjonov rahbarlik qiladigan O‘FF terma jamoalar markazi yopilishi mumkin

Asqar Tolibjonov rahbarlik qiladigan O‘FF terma jamoalar markazi yopilishi mumkin


O‘zbekiston futbol federatsiyasi qoshida tashkil etilgan Terma jamoalar markazi yopilishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” ma’lumot berdi.

Nashr shu haqdagi savol bilan O‘FF matbuot xizmatiga murojaat qilganida, javobiga na tasdiq va na inkor oldi.

Ma’lumot uchun, Terma jamoalar markazi barcha yoshdagi O‘zbekiston termalariga javobgar bo‘lgan tashkilotdir. Unga Asqar Tolibjonov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasini Samvel Babayan qabul qilib olgach, aynan bosh jamoa Asqar Tolibjonov rahbarlik qiladigan tashkilotdan ajratib olinib, alohida faoliyat ko‘rsatayotgandi. Ya’ni, Tolibjonov milliy terma jamoaning emas, qolgan termalar faoliyatiga javobgar bo‘lib qolgandi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют