» » O‘zbekiston FIFA reytingida 3 pog‘ona ko‘tarilib, Rossiyani ortda qoldirdi. Braziliya 7 yil deganda peshqadam bo‘ldi

O‘zbekiston FIFA reytingida 3 pog‘ona ko‘tarilib, Rossiyani ortda qoldirdi. Braziliya 7 yil deganda peshqadam bo‘ldi


Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilotga a’zo mamlakat terma jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 586 ochko bilan 60-o‘ringa ko‘tarildi. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 3 pog‘ona yaxshiroq deganidir.

O‘zbekiston Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo terma jamoalar orasida 6-o‘rinda qoldi. Eron, Janubiy Koreya va Yaponiya hamon kuchli uchlikni band qilib turibdi.

1 (28). Eron – 820 ochko;

2 (43). Janubiy Koreya – 691 ochko;

3 (44). Yaponiya – 629 ochko;

4 (50). Avstraliya – 622 ochko;

5 (52). Saudiya Arabistoni – 610 ochko;

6 (60). O‘zbekiston – 586 ochko;

JCh–2018 mezboni Rossiya avvalgi natijasiga qaraganda 1 o‘rin yo‘qotib, O‘zbekiston termasidan keyin 61-pog‘onadan joy oldi.

JCh–2018 turniriga birinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasi FIFA reytingida 1661 ochko bilan so‘nggi 7 yilda ilk marta yetakchilikni qo‘lga oldi.

Ikkinchi o‘rinni Argentina (1603 ochko) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan Germaniya (1464 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o‘rinlarni tegishli ravishda Chili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveysariya va Ispaniya terma jamoalari egallagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют