» » Ichimlik suvida koronavirus 8-12 soatgacha saqlanishi, ammo odamga yuqmasligi aytildi

Ichimlik suvida koronavirus 8-12 soatgacha saqlanishi, ammo odamga yuqmasligi aytildi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva aholidan kelib tushgan koronavirus infeksiyasi ichimlik suvidan yuqishi borasidagi savolga aniqlik kiritdi.

“Ko‘plab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida ichimlik suvida koronavirus 8-12 soat davomida saqlanib turadi. Biroq, shu bilan birgalikda, aytishimiz kerakki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bir necha bor ushbu kasallik faqat havo-tomchi yo‘li bilan yuqishini ta’kidlab kelmoqda. Biroq bugungi kunda virusning suvdan insonga yuqishi tasdiqlanmagan. Shu sababli ham biz u ichimlik suvidan yuqadi, deb ayta olmaymiz”, — deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, “doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi” mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют