» » Semiz odamlarning muskul o‘stira olmasligi sababi tushuntirildi

Semiz odamlarning muskul o‘stira olmasligi sababi tushuntirildi


AQShning Ogasta universiteti olimlari semizlikdan azob chekuvchi odamlarda muskul to‘qimasi, yog‘ to‘qimasidan farqli ravishda, ko‘paymasligi sababini tushuntirib berdi, deb yozadi EurekAlert!

Mutaxassislar semiz odamlar miostatin oqsilini ortiqcha ishlab chiqarishini ko‘rsatib berdi. Ushbu oqsil muskul to‘qimasi o‘sishining ingibitori (sekinlashtiruvchisi) sifatida mashhur: uni ko‘p miqdorda ishlab chiqaradigan odamlarda protein yetishmaydigan odamlarga nisbatan muskul to‘qimasi kamroq bo‘ladi.

Bunday xulosaga olimlar sichqonlarning to‘rtta guruhi: miostatin ishlab chiqaradigan ozg‘in va semiz hamda miostatin ishlab chiqarmaydigan ozg‘in va semiz sichqonlarni kuzatish orqali keldi.

Olimlar tadqiqotdan ko‘zlagan maqsadlari jismoniy mashqlar samarasini beruvchi va semirib ketishdan himoya qiluvchi tabletkalarni yaratishdan iborat ekanligini aytdi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют