» » UFC. Derek Branson Edmen Shahbazyanni nokautga uchratdi

UFC. Derek Branson Edmen Shahbazyanni nokautga uchratdi


Toshkent vaqti bilan 2-avgust tongida AQShning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 173 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi Derek Branson (21-7) va Edmen Shahbazyan (11-1) o‘rtasidagi kechdi. Bellashuvning uchinchi raundida Branson Shahbazyanga bir nechta zarbalar bergach, hakam jangni to‘xtatib texnik nokaut qayd etdi.

Shu tariqa Branson faoliyatidagi 21-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shahbazyan esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Kechaning yana bir jangida shotlandiyalik Joann Kaldervud  (14-5) braziliyalik Jennifer Mayyaga (18-6-1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Qayd etish joiz, UFC 3 ta jangni bekor qildi.

Barcha jang videolarini tomosha qiling ? jang videolari.

UFC Vegas 5 musobaqasining boshqa natijalari:

Visente Lyuke (19-7-1) Rendi Braunni (12-4) texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;

Bobbi Grin (16-10-1) Lendo Vannatani (11-5-2) mag‘lub etdi (30:26, 30:27, 30:27);

Jonatan Martines Frenk Sayensni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi;

Neytan Meness Jonni Munyosni mag‘lub etdi (29:27, 29:27, 29:27);

Jamall Emmers Vinsent Kasheroni mag‘lub etdi (30:27, 30:27, 30:27);

Kris Gutyerres — Kodi Darden jangi durang bilan yakunlandi (28:28, 28:28, 28:28).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют