» » Andijonda 63 yoshli erkak, Toshkentda 56 yoshli ayol koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Andijonda 63 yoshli erkak, Toshkentda 56 yoshli ayol koronavirus asoratlaridan vafot etdi


Andijon viloyati va Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bir nafardan bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. ismli erkakda COVID-19 tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, 2016-yilda bo‘lgan infarktdan so‘ngi kardioskleroz, gipertoniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, diabetik angiopatiya va nefropatiya kabi hamroh xastaliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan. 63 yoshli erkak Andijonda koronavirusning ikkinchi qurboni bo‘ldi.

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. ismli ayolda COVID-19 tasdiqlangan va tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan. Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ikkala bemorda ham qachon koronavirus aniqlangani va ular qaysi kuni vafot etganiga aniqlik kiritmagan.

SSV hisobiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 151 nafarga yetdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 159 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют