» » A Seriyada gol urish bo‘yicha kuchli beshlik chempionatlari orasida eng yaxshi natija qayd etildi

A Seriyada gol urish bo‘yicha kuchli beshlik chempionatlari orasida eng yaxshi natija qayd etildi


Italiya A Seriyasi 2019/20-yilgi chempionatining so‘nggi, 38-tur o‘yinlari yakunlandi.

Butun mavsum davomida Italiya chempionatida umumiy hisobda 1154 ta gol urildi. Har bir o‘yinda o‘rtacha 3,04 martadan darvozalar ishg‘ol etilgan.

Shu tariqa A Seriya gol urish bo‘yicha Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Undan keyingi o‘rinlarda Angliya Premyer Ligasi (1034 ta gol, bir o‘yinda o‘rtacha 2,72), Germaniya Bundesligasi (982, bir o‘yinda o‘rtacha 3,21) va Ispaniya La Ligasi (942, bir o‘yinda o‘rtacha 2,48) bormoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli 28-turdan so‘ng (muddatidan oldin) yakunlangan Fransiya chempionatida esa 704 ta gol urildi (bir o‘yinda o‘rtacha 2,53 ta gol).

Qayd etish joiz, A Seriyada eng ko‘p to‘p kiritgan jamoalar qatoridan “Atalanta” (98 ta gol), “Inter” (81), “Latsio” (79), “Roma” (77) va “Yuventus” (76) joy oldi.

Andrey Shevchenkoning “Milan” safida urgan shedevr 10 ta golini yodga olamiz (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют