» » Milan klublaridan ortda qolgan “Yuventus”. A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar

Milan klublaridan ortda qolgan “Yuventus”. A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi joriy mavsumida stadionga o‘rtacha tomoshabin tashrifi ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi.

2019/20-yilgi mavsumda eng ko‘p tomoshabin “Inter”ning uy stadionida qayd etilgan. “Juzeppe Meatssa”ga har bir o‘yinda o‘rtacha 65 800 tomoshabin kelgan.

Ikkinchi o‘rindan 53 957 ko‘rsatkich bilan Milanning yana bir jamoasi “Milan” joy olgan bo‘lsa, “Yuventus” (39 681) uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Kuchli beshlikdan shuningdek, Rimning ikki klubi ham o‘rin olgan.

A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida o‘rtacha tomoshabin tashrifi bo‘yicha top-10 klub:

“Inter” — 65 800 tomoshabin

“Milan” — 53 957

“Yuventus” — 39 681

“Roma” — 39 397

“Latsio” — 38 599

“Fiorentina” — 35 191

“Napoli” — 31 408

“Boloniya” — 23 054

“Lechche” — 22 879

“Jenoa” — 22 359

Mavzuga doir: La Liga 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. “Barselona” “Real”ni ortda qoldirdi

To‘liq ro‘yxat:

Eslatib o‘tamiz, A Seriya bahslari koronavirus pandemiyasi sabab 26-turga kelib to‘xtab qolgan. Unda “Yuventus” 63-ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Latsio” (62) va “Inter” (54) keyingi o‘rinlarda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют