» » Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. “Manchester Yunayted” bu borada yetakchi

Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan klublar e’lon qilindi. “Manchester Yunayted” bu borada yetakchi


Angliya Premyer Ligasi joriy mavsumida stadionga o‘rtacha tomoshabin tashrifi ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi.

2019/20-yilgi mavsumda eng ko‘p tomoshabin “Manchester Yunayted”ning uy stadionida qayd etilgan. “Old Trafford”ga o‘rtacha har bir o‘yinda 72 710 tomoshabin kelgan.

Ikkinchi o‘rindadan 60 275 ko‘rsatkich bilan “Arsenal” joy olgan bo‘lsa, “Vest Hem” (59 925) kuchli uchlikka yakun yasagan. Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasida “Bornmut” qayd etilgan, jamoaning har bir uchrashuviga o‘rtacha 10 498 tomoshabin tashrif buyurgan.

APL 2019/20-yilgi mavsumida o‘rtacha tomoshabin tashrifi bo‘yicha top-10 klub:

“Manchester Yunayted” — 72 710 tomoshabin

“Arsenal” — 60 275

“Vest Hem” — 59 925

“Tottenhem” — 59 384

“Manchester Siti” — 54 391

“Liverpul” — 53 143

“Nyukasl” — 42 248

“Aston Villa” — 41 661

“Chelsi” — 40 563

“Everton” — 39 150

To‘liq ro‘yxat:

Eslatib o‘tamiz, Premyer Liga bahslari koronavirus pandemiyasi sabab 29-turga kelib to‘xtab qolgan. Unda “Liverpul” 82-ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisini 25 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют