Angliya Premyer Ligasining eng qimmat tarkibga ega jamoasi ma’lum bo‘ldi
Transfermarkt portali 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi jamoalarining tarkibi narxini e’lon qildi.
Unga ko‘ra “Manchester Siti” jamoasi eng qimmat tarkibga ega bo‘lib turibdi. “Shaharliklar” tarkibi 1,03 milliard yevroga baholangan. Keyingi o‘rinda joriy mavsum chempioni “Liverpul” (1,02 milliard yevro) joy olgan.
Eng arzon tarkib “Sheffild Yunayted”ga tegishli bo‘lib, 130,4 million yevroni tashkil qilgan.
Ronaldudan Reshfordgacha. “Manchester Yunayted” futbolchilarning jarima zarbasidan urgan qoyilmaqom 10 ta goli (video)
Eng qimmat tarkibga ega APL klublari top-10 ligi bilan tanishing:
1. “Manchester Siti” — 1,03 milliard yevro
2. “Liverpul” — 1,02 mlrd yevro
3. “Chelsi” — 831 million yevro
4. “Manchester Yunayted” — 728,7 mln yevro
5. “Tottenhem” — 698,4 mln yevro
6. “Arsenal” — 571,9 mln yevro
7. “Lester” — 450,5 mln yevro
8. “Everton” — 412,4 mln yevro
9. “Vulverhempton” — 342,3 mln yevro
10. “Vest Hem” — 306,3 mln yevro
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
