» » Turkiyalik taniqli aktyor Emre Kiviljim “Jaloliddin Manguberdi” serialida bosh rolni ijro etmoqda

Turkiyalik taniqli aktyor Emre Kiviljim “Jaloliddin Manguberdi” serialida bosh rolni ijro etmoqda


O‘zbekiston madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Turkiyaning “Bo‘zdag‘ film” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan ko‘p qismli film rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul. Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilyon qurilgan.

Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.

Mavzuga doir: Neslihanning eri Burak bilan munosabatlari haqida gapirdi, Kaan “Muhtasham yuz yil”dagi Firuze bilan bir filmda. Turk kinosi yangiliklari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют