» » Burak Ozchivit Mehmet Bo‘zdag‘ning “Tirilish. Usmon” serialida bosh qahramonni gavdalantiradi

Burak Ozchivit Mehmet Bo‘zdag‘ning “Tirilish. Usmon” serialida bosh qahramonni gavdalantiradi


Mashhur turk aktyori Burak Ozchivit “Tirilish. Usmon” serialida Usmoniylar saltanati asoschisi Usmon obrazida namoyon bo‘ladi. Bu haqda “Tekden film” va “Bo‘zdag‘ film” boshqaruv kengashi raisi Mehmet Bo‘zdag‘ o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasida xabar bergan, deb yozadi MyDay.

Mazkur serial hozirda dunyoning turli davlatlarida namoyish etilayotgan “Tirilish. Erto‘g‘rul” serialining davomi bo‘lib, 2019—2020-yillarda suratga olinib, efirga uzatiladi.

Ma’lumot uchun, turk rejissori va prodyuseri Mehmet Bo‘zdag‘ 15-oktabr kuni  “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialini tasvirga olish ishlarida hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют