» » Mehmet Bozdag: Ozbekiston prezidenti tomonidan Samarqandda turkiy xalqlar kinofestivali tashkil qilinishi tarafdoriman

Mehmet Bozdag: Ozbekiston prezidenti tomonidan Samarqandda turkiy xalqlar kinofestivali tashkil qilinishi tarafdoriman


Turk va ozbek kinoijodkorlari ishtirokida otkazilgan anjumanda Mehmet Bozdag Ozbekiston prezidenti tomonidan Samarqandda turkiy xalqlar kinofestivali tashkil qilinishi tarafdori ekanini bildirdi, deb yozadi Turon 24.

Turk delegatsiyasining tashrifidan asosiy maqsad Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialini ozbek kinochilari bilan birgalikda suratga olishdir. Delegatsiya Tekden film va Bozdag film boshqaruv kengashi raisi Mehmet Bozdag, Simit Sarayi brendi sohibi, yirik investor tadbirkor Xoluq Oqutur, investor Umar Sayfi Aktulun, Strategik tafakkur instituti vasiylik kengashi azosi, Dirilish-Ertugrul serialining ilmiy maslahatchisi Sinan Tovuqchidan iborat.

Mehmet Bozdagning aytishicha, Ertugrul serialini 2 mlrd odam tomosha qildi. Venesuela rahbari serial olish jarayonini kuzatdi. Ertugrul ozbek sarkardalari Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi adolat uchun kurashgan. Biror-bir loyiha Jaloliddinchalik bizni hayratga solmadi. Jaloliddin haqida film oladigan bolsak, uni dunyo koradigan darajada olishimiz shart.

Shuningdek, Bozdag filmlarga kasting jarayonlari xususida gapirib otdi:

Har yili ikki mingdan ortiq aktyor orasida kasting uyushtiramiz. Tanlangan aktyorni film goyasidan kelib chiqib tayyorlaymiz. Toqqa chiqish, ot minish, yugurish, kurashish barchasini batafsil orgatamiz. 120 daqiqalik seriyani suratga olish uchun 6 kun sarflaymiz. Bu juda tez fursat. Ammo shunday bolsa-da, filmning har bir detaliga ahamiyat berishga harakat qilamiz.

Malumot uchun, Mehmet Bozdag 1983-yil 1-yanvarda Turkiyaning Qayseri viloyatida dunyoga keldi. Sakarya universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Songgi tush (2009), Ustalar, olimlar va sultonlar (2010), Tirilish. Ertugrul (2015) kabi filmlarning ssenariy muallifi va rejissori.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-10-2018, 12:57)
0 (: 0)
(1)

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
:
-
:
20 ... -