» » O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan agrar ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan agrar ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi


2020-yil 30-iyulda qabul qilingan “Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovatsiya” DUK va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “G‘o‘za urug‘chiligi markazi” negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etilgan.

Sohaga yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) strategiyasini amalga oshirish milliy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

2020-yil aprel oyida “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida?”? Prezident qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etilgan, hujjatda universitetda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshirilishi belgilangandi.

May oyida esa Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universiteti tashkil etilishi, 2020/2021-o‘quv yilidan universitetda kredit-modul ta’lim tizimi joriy qilinishi haqida xabar berilgan.

Iyun oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish hamda agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ham institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi xususida ma’lumot berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют