» » Aleksis Sanches “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qiladigan bo‘ldi

Aleksis Sanches “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qiladigan bo‘ldi


Transfer huquqi “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan hujumchi Aleksis Sanches to‘laqonli tarzda “Inter”ga o‘tadi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Janluka di Martsio xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Sanches “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qiladi va “Inter”ga erkin agent sifatida o‘tadi. Milan klubi futbolchi bilan bitim shartlari bo‘yicha kelishib olgan: 31 yoshli chililik futbolchi uch yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi va yiliga 7 million yevro maosh oladi.

Avvalroq “qizil iblislar” Sanches transferi uchun 15-20 million yevro olishi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq di Martsio bu ma’lumotlarni rad etdi.

Ma’lumot uchun, Sanches 2019/2020-yilgi mavsumni ijara asosida “Inter”da o‘tkazdi. Ortda qolgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют