» » “Inter” Aleksis Sanchesni o‘z safiga qo‘shib oldi

“Inter” Aleksis Sanchesni o‘z safiga qo‘shib oldi


“Manchester Yunayted”ning chililik futbolchisi Aleksis Sanches Milanning “Inter” klubi a‘zosiga aylandi.

Ta’kidlanishicha, 30 yoshli Sanches 2020-yil 30-iyuniga qadar “Inter”da to‘p suradi. Milanliklar futbolchining bir yillik ijarasi uchun 15 million yevro to‘lagani aytilmoqda. Italiya klubi Aleksisni mavsum so‘ngida to‘liq sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Sanches o‘tgan mavsum “qizil iblislar” safida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U Manchesterda haftasiga 391 ming funt maosh olar edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют